
O‘zbekiston va Fransiya muhim minerallarni geologik-texnik jihatdan o‘rganadi
O‘zbekiston Geologiya vazirligi va Fransiya Geologiya xizmati (BRGM) foydali minerallarni qazib olish loyihasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston va Fransiya foydali minerallarni qazib olish bo‘yicha 5 million dollarlik loyiha ishlab chiqish to‘g‘risida doiraviy bitimni imzoladi. Bu haqda Tog‘-qon sanoati va geologiya vazirligi “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.
Hujjat Geologiya vazirligi va Fransiya Geologiya xizmati (BRGM) o‘rtasida prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi oldidan 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida imzolandi.
Tomonlar O‘zbekiston hududida muhim foydali minerallar, jumladan, foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan ko‘mir kulida geologik-texnik tadqiqotlar o‘tkazish loyihasini amalga oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
O‘tgan yilning mart oyida Geologiya vazirligi va BRGM o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi, u kadrlar tayyorlash sohasida salohiyatni mustahkamlash, ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va tajriba almashishga qaratilgan.
Soʻnggi yangiliklar







