
13 Mart 2025, 15:49 •Oʻzbekiston
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xorvatiya elchisi bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Xorvatiyaning mamlakatdagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Refik Shabanovich bilan video-konferens-aloqa formatida uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvning asosiy kun tartibidan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin oldi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarini Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natishning tashkiliy masalalari va qonunchilik bazasini yaratish maqsadida mutaxassislarni jalb qilish muhokama qilindi.
Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish va ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Soʻnggi yangiliklar

Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
14 Mart 2025, 16:17
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
14 Mart 2025, 15:38
Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
14 Mart 2025, 14:00
Fransiya va Yaponiya O‘zbekistonda uran qazib olishga 214 mln dollar yo‘naltiradi
14 Mart 2025, 12:09
O‘zbekistonda havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi: dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti
14 Mart 2025, 11:36