Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi
Vazirlik hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatini o‘zgartirishi mumkin.

Energetika vazirligiga hukumat bilan kelishgan holda, havo haroratidan kelib chiqib, bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga o‘zgartirish kiritish vakolati berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qayd etilishcha, Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ bazaviy me’yorlarning amal qilish muddatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘zining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boradi.
2024-yil 1-maydan boshlab maishiy iste’molchilar (aholi xonadonlari) uchun elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda ijtimoiy (bazaviy) me’yorlar kiritilgan edi.
Jumladan,
- elektr energiyasi – oyiga 200 kWh’gacha;
- tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha;
- tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha.
Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktyabr–fevral oylari deb belgilangan. Ijtimoiy me’yor doirasida aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.
2025-yil 1-mart kuni tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor Energetika vazirligi tomonidan 1-aprelga qadar uzaytirildi. Bunga havo haroratining me’yordan past bo‘lishi bilan izoh berildi. Oldin bunday vakolat faqat Vazirlar Mahkamasida bor edi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Andijondagi bog‘cha 226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







