Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, AT “Xalq banki” Qo‘qon universal bank xizmatlari markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, kompyuter texnika vositalaridan foydalanib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Xususan, markazning mansabdor shaxslari hamda boshqalar oldindan til biriktirib, bank dasturiy taʼminoti “IABS”dagi markazning ikki nafar xodimiga biriktirilgan login va parol orqali 68 nafar fuqarolarning xabarisiz va ishtirokisiz ularning nomiga bank kartalarini ochib, bank kartalarida harakatsiz turgan 104 mln so‘m moddiy yordam va nafaqa pullarini bankomatlar orqali naqdlashtirilib, o‘zlashtirib yuborilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi Toshkentdagi dorixonada psixofaol dorilar retsepsiz sotilgani aniqlandi
Soʻnggi yangiliklar







