28 Fevral 2025, 16:45 Oʻzbekiston

Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Yakkasaroy tumanida MChJ rahbari tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanish orqali 6,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.

Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan A.S.I. MChJ binosida tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida iste’molchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani aniqlandi.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 6,6 milliard so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha materiallar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Mashhur yangiliklar