Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahrining Yashnobod, Navoiy shahri hamda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanlarida fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Toshkent shahrida sobiq bank xodimi N.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro I.Y.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Yashnoboddagi tijorat banki filialidan 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 3,1 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, fuqarolar SH.I. va SH.X. o‘zaro til biriktirib, fuqaro F.G‘.ning ishonchiga kirib, unga Navoiy shahridagi tijorat banklarning biridan 100 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 30 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Shu bilan birga, Oltiariq tumanida fuqaro Y.T. (muqaddam sudlangan) tadbirkor O‘.T.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishni qilgan. Buning evaziga 1 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, fuqaro Y.T. va boshqalar fuqarolar F.M., M.S. va D.D.ning ishonchiga kirib, ularning nomiga 300 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, o‘zlashtirgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Andijonda fuqarolarni Yaponiyaga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







