Andijonda fuqarolarni Yaponiyaga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
Andijon viloyatida noqonuniy yo‘l bilan Yaponiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijonda pul evaziga Yaponiyaga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan shaxs fuqarolarni Yaponiyaga ishga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon tarqatib, ko‘pchilikning ishonchiga kirgan. Ammo u Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni amaldagi tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda, Yaponiya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 7400 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Boshqa holatda esa Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1995-yilda tug‘ilgan tanishi o‘zaro til biriktirib, poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirgan. Ular mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Yaponiyaga ishga yuborish evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri —Toshkent shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda 1 ta jangovar va 21 ta pnevmatik qurol muomaladan olindi Samarqandda 2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Toshkent shahrida noqonuniy diniy jamoat fosh etildi Zangiotada prokurorning katta yordamchisi psixofaol modda bilan ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







