Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi
Marhuma ayol 2 farzandi bilan ajrashib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yashagan.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Aytilishicha, holat 14-fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida sodir bo‘lgan. Uka o‘z opasini o‘ldirgani haqida do‘stlariga telefon qilib aytgan. Do‘stlari hazillashyapti, deb o‘ylab, uning uyiga kelgan. Biroq rostdan u opasini o‘ldirib qo‘ygan bo‘lgan. Shundan so‘ng ular IIB xodimlariga xabar bergan.
Marhuma 1995-yilda, ukasi esa 1999-yilda tug‘ilgan. Uning qo‘shnilari murda bir hafta uyning balkonida saqlanganini aytgan. Yigit opasini pichoqlab o‘ldirgach, murdani gilamga o‘rab qo‘ygan.
Qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, yigit ham, ularning onasi ham yaxshi xulqli bo‘lgan. Marhuma ayol 2 farzandi bilan ajrashib, qizlik uyida onasi va ukasi bilan yashagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi Toshkentdagi uylardan birida gaz portladi
Soʻnggi yangiliklar







