Farg‘ona hokimi sportchi Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qilindi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston tarixida yunon-rum kurashi bo‘yicha ilk jahon chempioni Alisher G‘aniyevga Farg‘ona shahridan xonadon kalitini topshirdi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Alisher G‘aniyev 2024-yilning oktabr oyida Albaniya poytaxti Tirana shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U23 toifasidagi jahon chempionatida -60 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Sportchi shu tariqa O‘zbekiston tarixida 23 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida yunon-rum kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempioniga aylangan.
Chempionga uy Ekoshahar — “Yangi O‘zbekiston” massividan berildi. Viloyat hokimi chempionni yutuqlari bilan tabriklab, undan niyatlar katta ekani, sportning shu turi bo‘yicha olimpiada yo‘llanmalarini ham olishiga ishonch bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







