27 Fevral 2025, 18:41 Oʻzbekiston

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Faxriddin Kushakov Sirdaryo viloyati hokimining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Faxriddin Kushakov Sirdaryo viloyati hokimining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Faxriddin Kushakov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mazkur tayinlovga qadar Faxriddin Kushakov iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Mashhur yangiliklar