Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi
Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli aniqlanmoqda.

Bugun, 27-fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida tormozi ishlamay qolgan yoʻlovchi avtobusi yoʻl chetidagi daraxtga borib urildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, masʼul tuzilmalar xodimlari holatni oʻrgangan. Unda hodisa avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik sababli yuzaga kelgani aniqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan. Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan, uning ahvoli aniqlanmoqda.
“Hozirgi vaqtda vakolatli organlar tomonidan hodisaning barcha holatlarini oʻrganish boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda. Vaziyatni oʻrganish yakunlariga koʻra qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi Toshkentdagi uylardan birida gaz portladi
Soʻnggi yangiliklar







