Vengriya Alisher Usmonov va singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin
Usmonov hozirda AQSh, Yevropa ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning “qora ro‘yxati”ga kiritilgan.

Vengriya sakkiz nafar rossiyalikni Yevropa ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qildi. Aks holda sanksiyalarning uzaytirilishini bloklash bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bu shaxslarning kimligi rasman e’lon qilinmagan. “Sistema” tadqiqot loyihasi esa manbalarga tayanib, ularning ismini aniqlashtirdi.
Ro‘yxatga rossiyalik oligarx Alisher Usmonov, uning singlisi Gulbahor Ismoilova, “Alfa-Bank” hammuassislari Mixail Fridman va Pyotr Aven, “Uralxim” xoldingi hammuassisi Dmitriy Mazepin, Yevropa yahudiylari kongressiga rahbarlik qilgan tadbirkor Vyacheslav Moshe Kantor, shuningdek, “Alyans” guruhi rahbari va neft magnati Musa Bajayev kiritilgan.
Ro‘yxatda sport vaziri va Xabarovsk o‘lkasining sobiq gubernatori Mixail Degtyarev ham joy olgan. Vengriya nima uchun aynan shu shaxslarni “qora ro‘yxat”dan chiqarishni so‘rayotgani noma’lum.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi Germaniyada Alisher Usmonovning villasi sotuvga qo‘yildi O‘zbekistonda eksportda xususiy sektor ulushi 60 foizgacha oshiriladi Markaziy bank 9 ta bankni sanksiyalar qo‘llanilishidan ogohlantirdi Yaqindagina saylangan Alisher Usmonov FIE’dagi prezidentlik faoliyatini toʻxtatdi
Soʻnggi yangiliklar







