27 Fevral 2025, 15:12 Oʻzbekiston

Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi

Andijon viloyatida xalq orasida “Jahon bozori” nomi bilan tanilgan savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, soat 20:10 da Andijon shahar Nayman ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Soat 20:12 da hududga yaqin masofada bo‘lgan bo‘lgan bo‘linmalar aytilgan manzilga yetib borgan va 20:35 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida savdo do‘konining 80 m.kv maydonda shift tom qismi va savdo do‘koni ichidagi buyumlari zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati holatlari qayd etilmagan.

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar