27 Fevral 2025, 13:57 Oʻzbekiston

Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi

Jami 1,4 milliard so‘mlik 357 900 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlari yoqish, to‘kib tashlash va sindirish yo‘li bilan yo‘q qilingan.

Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi

MIB Namangan shahar bo‘limi tomonidan OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlari yo‘q qilindi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

2024-yil aprel va noyabr oylarida departament viloyat boshqarmasi tomonidan Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy tarzda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yilgandi.

Jumladan, Namangan shahrida 1 milliard 391 million, Uchqo‘rg‘onda esa 41,2 million so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari noqonuniy muomalaga kiritilayotganda to‘xtatib qolingan.

MIB va boshqa idoralarning masʼullari qatnashgan tadbir davomida jami 1,4 milliard so‘mlik 357 900 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlari yoqish, to‘kib tashlash va sindirish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Mashhur yangiliklar