Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Toshkent shahrida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qoraquloq noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi kichik sanoat zonasi hududida yirtqich qoraquloq noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Murojaatga asosan hudud profilaktika inspektori bilan birga o‘rganildi va noyob qoraquloq saqlanishi sababli qonunchilik talablari qo‘pol ravishda buzilgani ma’lum bo‘ldi.
Qoraquloq Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari yordamida maxsus vosita bilan uxlatilib, zararsizlantirildi va hayvonot bog‘iga topshirildi. Ayni damda yirtqichning ahvoli yaxshi va nazorat ostida.
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, qoraquloq butunlay yo‘q bo‘lish арафасида turgan, mozaik tarqalgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiyaning (CITES) I ilovasiga kiritilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentdagi uylardan birida gaz portladi
Soʻnggi yangiliklar







