Toshkentdagi uylardan birida gaz portladi
Oqibatda 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan, u shifoxonaga yuborilgan.

Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylardan birida gaz portladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26-fevral kuni soat 17:37 da Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani “Doʻstobod” MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarning birdagi xonadon oshxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Bildirilishicha, hodisadan soʻng yongʻin yuz bermagan.
“Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan. Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan”, deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi
Soʻnggi yangiliklar







