26 Fevral 2025, 18:40 Oʻzbekiston

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi

Jizzax viloyatidagi maktabda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadionning tom qismi qulab tushdi.

Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan stadion vayron bo‘ldi

Jizzax viloyatidagi maktabda 1,1 mlrd so‘mga qurilgan sun’iy qoplamali stadion tom qismi qulab tushdi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” ma’lumot berdi.

Unda keltirilishicha, mazkur obyekt Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida hamda “Suvinshoot qurilish loyiha” MChJ pudratchiligida qurilgan bo‘lib, loyiha shartnoma qiymati 1 milliard 190 million so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, stadion tom qismining qulab tushishiga kuchli tabiiy ofat — shamol va qalin qor yog‘ishi sabab bo‘lgani aniqlangan. Buning natijasida sport maydonchasining tom qismi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan shaxslar aniqlanmagan.

Holat yuzasidan buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Pudrat tashkiloti tomonidan loyihaga muvofiq tiklash ishlari amalga oshiriladi va stadion tez kunlarda qayta tiklanib, foydalanishga topshiriladi.

Mashhur yangiliklar