26 Fevral 2025, 18:05 Oʻzbekiston

Nurobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Maxsud Buranov Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Nurobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Buranov mazkur tayinlovga qadar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan.

Hokimlik xabariga ko’ra, bugun, 26-fevral kuni Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan, unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirgan.

Shuningdek, so’zga chiqqanlar tumanning yangi hokimi atrofida jipslashib, hududni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga hissa qo‘shishlarini taʼkidlagan.

Mashhur yangiliklar