26 Fevral 2025, 17:26 Oʻzbekiston

Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.S. fuqaro B.T.ga 3 700 AQSh dollarini 48,1 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Jondor tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.B. fuqaro U.Q.ga 3 400 AQSh dollarini 45 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Karvon bozori” savdo markazida fuqaro D.A. fuqaro G.B.dan 3 300 AQSh dollarini 42,5 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar