Toshkentda 1 ta jangovar va 21 ta pnevmatik qurol muomaladan olindi
Hozirda har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB, DXX Toshkent shahar boshqarmasi, shahar prokuraturasi, Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda 15-yanvardan 15-fevralga qadar “Xavfsiz va sogʻlom poytaxt” kompleks maxsus tezkor-profilaktik tadbirlar oyligi oʻtkazildi.
Oylik davomida, tashkil etilgan maxsus guruhlar tomonidan jami 801 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʻsir qiluvchi vositalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatlar aniqlandi. Ular boʻyicha 567 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, 158 ta maʻmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 76 ta holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jami 21 kg 818 gr giyohvandlik vositalari, 28 790 ta kuchli taʻsir qiluvchi, 26 kg “pregabalin” dori vositalari noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.
Giyohvandlik vositalarini yashirish usuli orqali tarqatuvchilar bilan bogʻliq 34 ta holat aniqlanib, uning natijasida 9 kg 538 gr noqonuniy giyohvandlik moddalari hamda 3 689 dona kuchli taʻsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi toʻxtatib qolindi.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning savdosi bilan shugʻullanuvchi internet doʻkonlari, ularning administrator va operatorlarini aniqlash, faoliyatiga chek qoʻyish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi. Bunday internet doʻkonlarning reklamasi aks etgan jami 1 323 ta “narkograffiti”lar aniqlanib, bartaraf qilindi.
Giyohvand moddalar hamda kuchli taʻsir qiluvchi dori vositalariga ruju qoʻygan 501 nafar shaxslar maxsus tibbiyot muassasalariga davolanishga yotqizildi.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 488 ta jinoyatlar “issiq izidan” fosh etildi, 160 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi, 45 nafar bedarak yoʻqolganlar aniqlanib yaqinlariga qaytarildi.
Oʻtkir tigʻli buyumlarni qonunga xilof ravishda olib yurgan 2 181 nafar fuqarolar aniqlanib, tegishli tartibda maʻmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Tezkor tadbirlar davomida 1 ta jangovar (PM), 21 ta pnevmatik qurol va 7 ta oʻq-otar ov miltigʻi hamda 14 dona oʻq-dorilar noqonuniy muomaladan olindi. Har bir holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yoʻl harakati qoidalari bilan bogʻliq 102 404 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan, qoʻpol qoidabuzarliklar 9 807 ta, mast holda avtomashina boshqarish 366 ta, svetofor ishoralariga amal qilmaslik 83 tani tashkil qilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Andijonda fuqarolarni Yaponiyaga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi
Soʻnggi yangiliklar







