26-fevral kuni ayrim joylarga qor yogʻadi
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi.

“Oʻzgidromet” 26-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







