AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik 24-fevral kuni Nyu York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qaytarildi.

AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.
Ma’lum qilinishicha, AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin O‘zbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar fuqaro 24-fevral kuni Nyu York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keldi.
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va mamlakatning Nyu Yorkdagi Bosh konsulxonasi uzoq yillardan buyon O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlariga xavfsiz deportatsiyasini taʼminlash maqsadida AQShning tegishli huquq-tartibot idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zaro kelishuvlarga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarining har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolar vatanga Nyu York—Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada ikki farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan ikki nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi Dubayda qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







