O‘zbekistonda harbiylarga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshiriladi
Prezident qarori bilan O‘zbekistonda harbiylarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori 20 foizga oshiriladi.

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi. 2025-yil 1-iyundan ipoteka kreditlarini ajratish ko‘rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.
Prezidentining 2005-yil 30-iyundagi qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
2025-yil 1-martdan yil yakunigacha Qurolli kuchlarning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
- Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha (1,8 million so‘m) miqdorda;
- Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha (1 million 350 ming so‘m) miqdorda;
- boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha (900 ming so‘m) miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari belgilandi.
Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
2026-yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, hukumat qarori bilan belgilab boriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada 2 tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun foizsiz ssudalar ajratiladi Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlandi Oʻzbekistonda injenerlik maktablari tashkil etiladi
Soʻnggi yangiliklar







