Kompyuter klubida janjal ko‘targanlar qamoqqa olindi
Mazkur holat Farg‘ona viloyati IIB tomonidan nazoratga olingan.

Farg‘ona shahridagi kompyuter klubida janjal ko‘targan shaxslar ushlandi. Janjal aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Unda kompyuter klubida o‘tirgan yigitlar shovqin qilgani, ularni tinchlanishni so‘ragan klubning ikki xodim esa kaltaklangani aks etgan.
Viloyat IIB matbutot xizmatining ma’lum qilishicha, 21-fevral kuni Farg‘ona shahar Oftob ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinlari klubida yetti nafar tanishlar o‘zaro baqir-chaqir qilib kompyuter o‘ynagani uchun klub ish boshqaruvchisi F.Xudoynazarov tomonidan ularga e’tiroz bildirilgan. Natijada o‘zaro kelishmovchilik sababli fuqaro O.Vallomov uni kaltaklagan janjalga uning sheriklari ham qo‘shilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar O.Vallomov, M.Qodirov hamda N.Mahmudjonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shunigdek, ularning yana uch nafar sheriklariga nisbatan ma’muriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mazkur holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘ona hokimi sportchi Alisher G‘aniyevga uy sovg‘a qildi Fargʻonada avtomobil yoʻlining bir qismi oʻpirilib tushdi Farg‘onada noqonuniy hujra tashkil etgan shaxslar aniqlandi Farg‘onada 2 tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi Fargʻonada “Nexia-3”ni yuk poyezdi urib ketdi
Soʻnggi yangiliklar







