25 Fevral 2025, 07:29 Oʻzbekiston

“Oʻzgidromet” 25-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli boʻladi.

“Oʻzgidromet” 25-fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʻlum qildi

“Oʻzgidromet” 25-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

ToshkentSirdaryoSamarqandJizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, kechqurun baʼzi joylarda qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

QashqadaryoSurxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, kechqurun baʼzi joylarda qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechqurun baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Mashhur yangiliklar