25 Fevral 2025, 08:54 •Oʻzbekiston
Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Qashqadaryo viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya”.
Keltirilishicha, holat “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Koson tumani “Obron” MFYda joylashgan “M.S.” fermer xo‘jaligi 4 ta suv nasos qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi
Soʻnggi yangiliklar

Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi
15 Mart 2025, 12:23
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15 Mart 2025, 08:45
Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
14 Mart 2025, 16:17
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
14 Mart 2025, 15:38
Biznesga elektr eneregiyasi va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
14 Mart 2025, 14:00