24 Fevral 2025, 17:13 Oʻzbekiston

Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Hozirda mazkur xolat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahri Mirzo Bedil mahallasida yashagan 20 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan tashlab, joniga qasd qildi. Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 19-fevral kuni soat 17:00 da sodir bo‘lgan. Qiz buvisining uyi derazasidan (9-qavat) o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan. BP ma’lumotiga ko‘ra, u voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, marhum M.S.ning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Uning telefoni o‘rganish uchun Kiberxavfsizlik markaziga topshirilgan.

Hozirda mazkur xolat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar