24 Fevral 2025, 14:38 Oʻzbekiston

Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Ayrim joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha, ba’zida 23–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari kuzatilgan bahoriy iliq ob-havodan so‘ng ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24–25-fevral kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 26-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha, ba’zida 23–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Dushanba kunduzi hududning katta qismida havo harorati 10-15 daraja atrofida bo‘ladi, 25–27 fevral kunlari 0-5 darajagacha asta-sekin pasayadi. 26–27-fevral kunlariga borib, kechalari harorat 0/-5 darajagacha tushadi.

Ish haftasi davomida respublika shimolida harorat asosan kechalari 4-9 daraja sovuq, kunduz kunlari -3/+2 daraja bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

Toshkent shahrida dushanba kunining ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 25–28 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Havo harorati dushanba kunduzi 13-15 daraja, seshanba kuni 11-13 daraja bo‘ladi. 26–28 fevral kunlari 2-5 darajagacha pasayadi. 27–28 fevral kunlariga borib, harorat kechalari 0/-3 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Mashhur yangiliklar