Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi
Shahrisabz shahrida toʻxtab turish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortilgan haydovchiga nisbatan 7 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida haydovchi YPX maxsus avtomobilining old va orqa oynalarini sindirib tashladi. Bu haqda “Renessans” telekanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 9-fevral kuni 19:30 larda Shahrisabz shahri Boʻston mahallasi hududida sodir boʻlgan. Ushbu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimlari mototransport vositasini toʻxtab turish taqiqlangan joyda qoldirgan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Bundan norozi boʻlgan haydovchi mototransport vositasining yukxonasida boʻlgan belkurakni olib, xodimlarning “Lacetti” rusumli xizmat avtomobilining old va orqa oynalarini urib sindirgan.
“Qilgan ishimdan pushaymonman. Bu ishni hech kimga maslahat bermayman. Bu holat qayta takrorlanmasligiga soʻz beraman”, dedi haydovchi.
Holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahar sudida qonunbuzar haydovchiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda 5 tup terak kesgan fuqaro 18,3 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi Tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori oshgani rad etildi Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi
Soʻnggi yangiliklar







