To‘xtash talabini bajarmaganlar haydovchilik huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi mumkin
IIO xodimlarining to‘xtash talabini bir necha bor bajarmagan haydovchilar bir yilga haydovchilik huquqidan mahrum etiladi.

Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) uchinchi qism bilan to‘ldirilmoqda.
Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi xodimi yoki xodimlarining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz ketma-ket bir necha marta bajarmaslik transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilish bilan birga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (11,25 million so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksi 261-1-modda (Transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish) bilan to‘ldirilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Farzandini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilgan ota-onalar jarimaga tortiladi Qurilish jarayonida chang-to‘zon ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandi Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar







