Buxoroda qiymati 270 mln soʻmdan ziyod boʻlgan tabiiy gaz oʻgʻirlandi
Hozirda barcha holatlar boʻyicha hujjatlar tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.

Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda “Hududgaztaʼminot” AJ.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reydlarda qator qonunbuzilish holatlari fosh etildi.
Kogon tumanining “Niyoz hoji” hududida joylashgan xonadon egasi elektron gaz hisoblash uskunasini (EGHU) yashirin ravishda chetlab oʻtib, yerosti gaz quvuriga ulangani aniqlandi. Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 54 million 992 ming soʻmlik zarar hisoblangan.
Shunga oʻxshash holat Gʻijduvon tumanidagi “Dilkusho” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.I. xonadonida ham kuzatildi va isteʼmolchiga nisbatan 11 mln soʻmlik jarima belgilangan.
Viloyatning olis hududi boʻlmish Qorovulbozor tumanida faoliyat olib borayotgan “K.K.” xususiy korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 15 mln 974 ming soʻm zarar keltirgan boʻlsa, tumanning “Choʻlquvar” MFYdagi fuqaro M.N. xonadonida 53 mln 392 ming soʻmlik tabiiy resursdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, Qorakoʻl tumanining “Eski qalʼa” MFYda joylashgan kutubxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi va 51 mln 891 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Tumanning “Xoʻjalar” MFYda joylashgan “A.U.G.” MJCHga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida oʻzboshimchalik bilan hisoblagichning maksimal hisoblash chegarasidan ortiqcha, loyihadan tashqari gaz jihozlari oʻrnatilgani aniqlandi va 51 mln soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Tumandagi yana bir oshxonada xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlanib, 40 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda barcha holatlar boʻyicha hujjatlar tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga topshirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi O‘zbekistonlik olimlar ikkita yangi qo‘ng‘iz turini kashf etdi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







