22 Fevral 2025, 09:21 Jahon, Oʻzbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi qurilishda o‘zbekistonlik 24 yoshli migrant halok bo‘ldi.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt Peterburg shahri Moskva tumanidagi qurilishda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Pulkovo shossesidagi turar joy majmuasi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik 24 yoshli ishchi demontaj qilayotganida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan yiqilib, vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga ishchining xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.

Holat yuzasidan Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tekshiruvlar tashkil etilgan. Mutaxassislar qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlikni ta’minlash shartlari va xavfsizlik texnikasiga rioya etilishini o‘rganadilar. Tergovchilar ishchining qurilishdagi o‘limi holatini aniqlamoqda.

Mashhur yangiliklar