Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
21 Fevral 2025, 14:55 •Oʻzbekiston
DXX uch viloyatda noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘ydi
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX Toshkent, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘ydi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro Ohangaron tumanida joylashgan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 32 gektar yerni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 2 million 400 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 500 ming AQSh dollarini Toshkent shahridagi kafelardan birida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi, shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir tezkor tadbirda Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1974 va 1978-yillarda tug‘ilgan ikki kishi o‘zaro til biriktirib, tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 48 sotix yerni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 60 ming AQSh dollari hamda kadastr hujjatlarini hal qilib berish evaziga 8160 AQSh dollari talab qilishib, shundan 64 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan shaxs Suv xo‘jaligi vazirligining “Amu-Surxon” Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Sherobod tumanidagi Meliorativ ekspeditsiya balansida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini hamda 1961-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroga tegishli, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 45 sotix yer maydonini jami 60 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, 56,7 ming AQSh dollari va 43 million so‘m olgan vaqtida DXX, IIV hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlangan.
Xorazm viloyatining Urganch tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan shaxs mazkur tumandan oqib o‘tuvchi Shovot kanali bo‘yida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 24 sotix yer maydonini kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSH dollari va 13 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Samarqandda 2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya JST bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
15 Mart 2025, 18:18
Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi
15 Mart 2025, 12:23
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15 Mart 2025, 08:45
Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
14 Mart 2025, 16:17
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
14 Mart 2025, 15:38