Toshkentda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi jarimaga tortildi
Toshkent shahridagi maktabda o‘quvchini boshiga bir necha marotaba urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Toshkent shahridagi 240-maktab o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat boshqarma ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. Yunusobod tumanidagi 240-sonli umumta’lim maktabida shu yilning 15-yanvar kuni taxminan soat 16 lar atrofida 5-“G” sinf o‘quvchisi M.S. boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi N.Q.ning dars mashg‘ulotiga xalaqit qilib, sinfxona eshigini bir necha marta tepgan va taqillatgan.
Oqibatda o‘qituvchi N.Q. o‘quvchiga tanbeh berib, M.S.ni sinf rahbari oldiga olib borgan va boshiga bir marotaba urgani ma’lum bo‘ldi. Ammo videomurojaatda aks etgan lavha 240-maktabga tegishli emasligi aniqlangan.
O‘quvchining onasi O.D. o‘qituvchining xatti-harakatidan norozi bo‘lib huquq-tartibot idoralariga shikoyat xati bilan murojaat qilgan. 2025-yil 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi qaroriga ko‘ra, o‘qituvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 33-moddasi qo‘llanib, jarima jazosi belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi Uch hududda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Toshkentda uka o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun uyda saqladi Toshkentda yoʻlovchi avtobusi daraxtga borib urildi Toshkentni kezib yurgan noyob qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







