20 Fevral 2025, 19:22 Oʻzbekiston

Qurilish jarayonida chang-to‘zon ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin

Bunda, davlat ekologik nazorati inspeksiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlashga hamda javobgarlikka tortishga mas’ul bo‘lishi belgilanmoqda.

Qurilish jarayonida chang-to‘zon ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin

Senatning tshrtinchi yalpi majlisda “Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun maqullandi.

Qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etmagan, shuningdek, ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qo‘llashni nazarda tutuvchi 85−1-moddasi bilan to‘ldirilmoqda.

Bunda, davlat ekologik nazorati inspeksiyasi mazkur huquqbuzarliklarni aniqlashga hamda javobgarlikka tortishga mas’ul bo‘lishi belgilanmoqda.

Mashhur yangiliklar