20 Fevral 2025, 18:43 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi

Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, maktab tartib-qoidalarini buzgan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchining yuziga tarsaki tushirdi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar holatni o‘rganib, tegishli jazo tayinlanganini ma’lum qildi.

Bolalar ombudsmanining bildirishicha, 8-fevral kuni 8-sinf o‘quvchilari B.N. va E.S. ingliz tili fani darsi vaqtida o‘zaro tortishib turli so‘zlar bilan bir-birini haqorat qilgan. O‘qituvchi E.F. o‘quvchiga darsdan chiqib ketishini aytgan, biroq o‘quvchi o‘qituvchining talabiga bo‘ysunmasdan unga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan.

Maktab tartib-qoidalarini buzgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu moddada BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1 million 875 ming so‘mgacha) miqdorda jarima belgilangan.

Mashhur yangiliklar