Markaziy bank SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Ushbu SMS xabarlar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq fuqarolarni ularning nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida yuborilmoqda.
SMS xabarlarda keltirilgan bank kartalari raqamlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablaridan kelib chiqib, qisman berkitilgan tarzda aks ettirilgan.
“Fuqarolar SMS xabarlarda qayd etilgan bank kartalari ularning nomiga rasmiylashtirilganligi bilan bog‘liq biror tushunmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qilib, holatga aniqlik kiritishlari hamda foydalanmayotgan bank kartalarini yopishlari tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
An’anaviy usulda bank kartasi ochishdan tashqari fuqarolar nomiga bank kartalari (xususan, virtual bank kartalari) firibgarlar tomonidan ham ochilishi mumkin.
Bunda bank mobil ilovalaridagi fuqaro shaxsiy kabineti egallanishi oqibatida yoki fuqaroning o‘zi bank mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish orqali rasmiylashtirilishi mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi O‘zbekistonda banklardagi omonatlar endi tezroq qaytarib beriladi Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshib ketdi
Soʻnggi yangiliklar







