20 Fevral 2025, 08:52 Oʻzbekiston

Sirdaryodagi bog‘chada amaliyotchi 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchdi

Holat yuzasidan talaba qizga nisbatan BHMning bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Sirdaryodagi bog‘chada amaliyotchi 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchdi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi bog‘chada 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchib, tahdid qilindi. Holat yuzasidan “Bu Kun” dasturida maʼlumot berildi.

Xabar berilishicha, holat 10-fevral kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi bolalar bog‘chalaridan birida sodir bo‘lgan. Kasb-hunar maktabining amaliyotchi talabasi mazkur bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelgan bo‘lgan.

Mazkur talaba bolalarga qarash vaqtida 6 yoshli bolaning tanasiga igna sanchgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolaga yengil tan jarohati yetkazilgan.

Bolaning onasi o‘sha kuni farzandining o‘rtoqlari onalariga telefon qilib, ulardan ham igna haqida so‘ragan. Taʼkidlanishicha, faqat uning o‘g‘liga igna sanchilgan bo‘lgan.

“O‘g‘lim aya, igna tiqdi, dedi. Birinchi, o‘rtoqlarimga tiqdi, menga tiqmadi, dedi. Keyin o‘rtoqlarining onalariga telefon qilib so‘radim, ularning farzandlariga igna sanchilmaganini aytishdi. Keyin o‘g‘limni videoga olib, xo‘jayinimga jo‘natdim. O‘g‘lim yig‘lab, qayerlariga igna sanchganini ko‘rsatib berdi”, deydi ona.

Holat yuzasidan amaliyotchi talaba qizga BHMning bir baravari (375 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Mashhur yangiliklar