Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi
2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida kichik logistika markazlari barpo etiladi.

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.
2025 yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida, 2026 yilda esa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig‘imi 100 tonnadan kam bo‘lmagan muzlatkichli sig‘imlar, urug‘lik, ko‘chat, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.
Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma’lumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.
Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







