O‘zbekistonda banklardagi omonatlar endi tezroq qaytarib beriladi
“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.

“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun 18-fevraldan kuchga kirdi.
Qonun jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonun bilan Omonatlarni kafolatlash agentligi tashkil etildi — bank tizimidagi barqarorlikni ta’minlash uchun yangi institut ish boshlaydi. Bank, shu jumladan mikromoliya banki va qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan oraliq bank litsenziya berilgan paytdan e’tiboran kafolatlash tizimining ishtirokchisiga aylanadi.
Bir bankda bir omonatchiga to‘lanadigan kompensatsiya quyidagi miqdorni tashkil etadi:
kafolatlash obyekti qoldig‘ining to‘liq hajmini, agar uning miqdori 200 million so‘m yoki undan kam bo‘lsa;
200 million so‘mni, agar kafolatlash obyektining qoldig‘i 200 million so‘mdan ko‘p bo‘lsa.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, bu talab bankka qo‘yiladigan yangi omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar fuqarolarning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qo‘ygan muddatli yoki jamg‘arma omonati bo‘lsa, omonatlar miqdoridan qat’i nazar to‘liq kafolatlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Chetda ishlayotganlar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi Markaziy bank SMS xabarlar bo‘yicha izoh berdi Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortdi O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshib ketdi
Soʻnggi yangiliklar







