19 Fevral 2025, 16:10 Oʻzbekiston

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Ora Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Estoniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaap Ora Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Unga koʻra, uchrashuvda Oʻzbekiston va Estoniya oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarning hozirgi dinamikasini muhokama qilingan. Shuningdek, ikki mamlakatning iqtisodiy diplomatiya, axborot texnologiyalari, xalqlar oʻrtasidagi aloqalar, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorligini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

“Janob Elchiga mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishida omad tilaymiz”, deb yozadi TIV rahbari.

Mashhur yangiliklar