19 Fevral 2025, 14:17 Oʻzbekiston

Toshkentdagi qurilishda 51 yoshli erkak balandlikdan yiqilib halok boʻldi

Hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentdagi qurilishda 51 yoshli erkak balandlikdan yiqilib halok boʻldi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan binoda 51 yoshli erkak zinadan yertoʻlaga yiqilib, halok boʻldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 17-fevral kuni Yakkasaroy tumani, Askiya koʻchasida joylashgan qurilish ishlari olib borilayotgan koʻp qavatli uyda yuz bergan. Oʻsha kuni 1974-yilda tugʻilgan erkak obyektga kirayotib, zinapoyadan toyib ketgan va binoning yertoʻla qismiga tushib ketib, voqea joyining oʻzida vafot etgan.

“Hozirda holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mashhur yangiliklar