18 Fevral 2025, 13:49 •Oʻzbekiston
Surxondaryoda ona-bola o‘ldirildi, ularning uyi yoqib yuborilgan
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida 15-fevral kuni ona va bola o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Yangiyo‘l mahallasida yashovchi fuqaro soat 03:39 da tuman IIB navbatchilik qismiga murojaat qilib, qo‘shnisi M.R.ning xonadonida yong‘in bo‘layotganini aytgan.
Maxsus guruh voqea joyida M.R. va uning voyaga yetmagan farzandi O.H. bosh qismidan olgan jarohatlari sabab vafot etganini ko‘rgan.
Shuningdek, yana ikki nafar voyaga yetmagan bola — M.H. va Z.H. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qism “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston va Rossiya JST bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
15 Mart 2025, 18:18
Qurilish vazirligi huzurida Issiqlikta’minoti kompaniyasi tashkil etiladi
15 Mart 2025, 12:23
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
15 Mart 2025, 08:45
Grantlarni talabalar orasida qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
14 Mart 2025, 19:48
Umra litsenziyasini olish uchun tadbirkorlardan arizalar qabuli boshlandi
14 Mart 2025, 17:53
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmoqda
14 Mart 2025, 17:12
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi
14 Mart 2025, 16:17
Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi
14 Mart 2025, 15:38