Sirdaryodagi maktabda o‘quvchining onasi o‘qituvchini kaltakladi
Voqeaga maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumanidagi 1-sonli maktabda ayol o‘qituvchini urgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda ayol (o‘quvchining onasi deb taxmin qilinmoqda) sinfda o‘qituvchiga qo‘pol muomalada bo‘lib, uning yuziga musht tushurgani, o‘ldirish bilan tahdid qilganini ko‘rish mumkin. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, o‘qituvchi yaxshi o‘qimagan o‘quvchiga jiddiy tanbeh bergani uchun uning onasi kelib shunday yo‘l tutgan.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat Sardoba tumanidagi 1-sonli maktabda sodir bo‘lganini tasdiqladi. Voqeaga maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham munosabat bildirib, holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Vazir bu voqea Sirdaryo viloyat MMTB ishchi guruhi tomonidan o‘rganilayotganini, o‘rganish natijalariga ko‘ra tez orada jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







