12 Fevral 2025, 18:10 Sport

O‘zbekiston para velosportchilari Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Terma jamoa jami 26 ta medalni qo‘lga kiritib, 15 davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston para velosportchilari Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

7−9-fevral kunlari Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi, deya xabar qildi Milliy paralimpiya qo‘mitasi.

Terma jamoa jami 26 ta — 12 oltin, 9 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritib, 15 davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tantanali kutib olish marosimida Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati,OAV xodimlari va sportchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Mashhur yangiliklar