Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi
Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.

Qonunchilikka fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
To‘xtash talabini bajarmaganlar haydovchilik huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi mumkin Farzandini noqonuniy diniy ta’limga jalb qilgan ota-onalar jarimaga tortiladi Qurilish jarayonida chang-to‘zon ko‘tarilishini bartaraf etmagan shaxslar jarimaga tortilishi mumkin O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
Soʻnggi yangiliklar







