11 Fevral 2025, 12:25 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda 2024-yilda ota-onalar ko‘roq necha yoshda farzandli bo‘ldi?

Statistika agentligi 2024-yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi yoshi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda 2024-yilda ota-onalar ko‘roq necha yoshda farzandli bo‘ldi?

Agentlik xabariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 10,7 foiz chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 82,5 foizining otasi 25-39 yoshlarga hamda 6,8 foiz chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha 39,3 foiz chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 59,5 foizining onasi 25-39 yoshlarga hamda 1,2 foiz chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.

Mashhur yangiliklar