Shaxmat. Javohir Sindorov Hikaru Nakamurani mag‘lub etdi
Javohir Sindorov Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, Freestyle Chess Grand Slam turnirining 1/2 finaliga yo‘l oldi.

Vayssenxaus shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan nufuzli turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Javohir Sindorov amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi tay-brekning hal qiluvchi ikkinchi partiyasini o‘tkazdi.
1/4 finalning asosiy ikki uchrashuvida durang natija qayd etilgandi. Tay-brekning birinchi uchrashuvida qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, Sindorov g‘alaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda o‘tkazgan Javohir yana g‘alaba qozondi.
Shu tariqa amerikalik nomdor grossmeyster Hikaru Nakamurani murakkab kechgan qarama-qarshilikda mag‘lubiyatga uchratgan Javohir Sindorov mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil etuvchi Freestyle Chess Grand Slam turnirining 1/2 finaliga yo‘l oldi.
Shuningdek, yana bir chorak final o‘yinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etdi.
Sindorov endi 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Gulruhbegim Tohirjonova endi O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi Nodirbek Abdusattorov nufuzli turnir sovrindori bo‘ldi Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi Yangilan FIDE reytingidan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi
Soʻnggi yangiliklar







