7 Fevral 2025, 13:25 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Poytaxt hokimi va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomini berishni muhokama qildi.

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Otaturk nomi berilishi mumkin

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Shavkat Umrzoqov o‘zbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu davlatlar rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini ta’kidladi hamda bunda turk diplomatik korpusining ham xizmatini e’tirof etdi.

Mehmon qabul uchun minnatdorlik bildirib, uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini ma’lum qildi hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bog‘ini tashkil etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro muloqotni davom ettirish hamda har ikki davlat uchun manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Mashhur yangiliklar