Ikki kunlik “Qoradori” tadbirida 112 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi
Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari 3−4-fevral kunlari mamlakat bo‘ylab “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarining dastlabki bosqichini o‘tkazdi, deb xabar berdi DXX matbuot xizmati.
Giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasini cheklash maqsadida 653 ta maxsus tadbir o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish va sintetik giyohvandlik vositalari), 8601 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi. Shuningdek, noqonuniy muomaladan olingan 287 ming 460 AQSh dollari va 569 million so‘m daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
222 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka, 64 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi. Qidiruvda bo‘lgan 47 nafar shaxs ushlandi. Shuningdek, 357 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Qayd etilishicha, tadbirlar davomida 175 ta “tig‘”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol musodara qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada “Xalq banki” mansabdorlari yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi Ikki hududda valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi Qashqadaryo va Buxoroda “valyutchik”lar qoʻlga olindi Namanganda 616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Uch viloyatida 530 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







